Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

AQShning Arizona universiteti delegatsiyasi Oʼzbekistonda

17:51, 03.12.2021      

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti delegatsiyasining joriy yil 1-5-dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi amalga oshiriladi.

Delegatsiya tarkibi:

Tolga Turker - Chet el talabalarini qabul qilish bo‘limi direktori,

Stephanie Adamson - Xalqaro idoralar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari,

Ludmila Clarke - Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘yicha direktor.

Ushbu tashrif davomida AQShning nufuzli universitetlarida o‘qish imkoniyatlari, o‘qish jarayonida stipendiatlar etibor qaratishi zarur bo‘lgan masalalarga oid mahorat darslari hamda respublika oliy talim muassasalari bitiruvchilari uchun AQSh universitetlaridan taklifnoma xatlarini olish yo‘llari, chegirmalar, grantlarni qolga kiriritish bo‘yicha vebinarlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ana shunday vebinarlardan biri joriy yil 2 dekabr kuni OTMlar bitiruvchilari uchun ZOOM dasturi orqali oʼtkazildi.