Farg’ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida "SURPRISE DAY" an’anasi yo’lga qo’yildi.
Talabalar tomonidan qiziqish bilan kutib olingan "SURPRISE DAY" kunida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani Nargiza Toirova tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar orasida darslarda faol ishtirok etayotgan, dars qoldirmayotgan bir guruh yigit-qizlarga dekan sovg’asi topshirildi. Har oy yakunida o’tkaziladigan mazkur kunni talabalar katta qiziqish bilan kutadigan bo’lishdi.
Talabalarning fikricha, ushbu e’tibor talabalarda universitet va fakultet jamoasiga nisbatan do’stona munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.