Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI: PEYZAJ JANRI KUZ MANZARALARIDA

11:19, 04.12.2021      

Kecha Farg’ona davlat universiteti San'atshunoslik fakultyetida talaba-yoshlar forumi doirasida "Xayr, oltin kuz! " mavzusida rasmlar ko'rgazmasi o'tkazildi.

Ko’rgazma davomida tabiat manzaralaridan zavq olgan talabalar pyeyzaj janrida o'z ijod namunalarini yaratdilar.

Talabalarning ijodiy ishlarida ularning ona tabiatga mehri va muhabbati, hayotsevarlik kayfiyati namoyon bo’ldi.

“Talabalar forumi 2021” doirasida o’tkazilgan ko’rgazmada amaliy san'at yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarning yaratgan asarlari betakrorligi, o’ziga xosligi e'tirof etildi.