Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA FAKULTETI: “She’riyat sarchashmasi”

11:57, 04.12.2021      

Pedagogika –psixologiya fakulteti tashabbusi bilan « Talabalar forumi–2021» doirasida 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan talaba-yoshlar ishtirokida “She’riyat sarchashmasi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda fakultetning yuz nafarga yaqin talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh avlodning kitob mutolaasiga boʼlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan, ularni adabiyot olamiga oshno etishni koʼzda tutgan koʼrgazma namoyish qilindi.

Ishtirokchilar soʼnggi yillarda chop etilgan badiiy va ilmiy–ommabop kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar turli viktorina savollarga javoblar berishdi. Yosh ijodkor talabalarning sheʼriy chiqishlari ishtirokchilarning eʼtiboriga sazovor boʼldi.