Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ZOOTEXNIYA FAKULTETI: Yoshlar korrupsiyaga qarshi

18:47, 06.12.2021      

2021 yil 6 dekabr kuni Zootexniya fakultetida akademik guruh talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyat prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimi Boqijon Tursunaliyev, fakultet dekani M.Isag‘aliyev, dekan o‘rinbosari O.Raxmatov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Fakultet dekani M.Isag‘aliyev davra suhbatini ochib, tadbirga tashrif buyurgan departament xodimi Boqijon Tursunaliyev tanishtirdi hamda tadbir mavzusining maqsadi va yo‘nalishlari bo‘yicha qisqacha gapirib o‘tdi.

Tadbirni B.Tursunaliyev, hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi. Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.

Tadbirda talabalar bilan ochiq muloqot shaklida savol-javob ham o‘tkazilib, ular tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil tushunchalar berib o‘tildi.