Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FILOLOGIYA FAKULTETIDA KITOB TAQDIMOTI

19:20, 06.12.2021      

Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Keyin esa maktabga boradi. Jamoada o’zini qanday tutishni o’rganadi. Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo’lib yetishishning birdan bir yo’li bu kitob mutolaasi hisoblanadi. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog’liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o’stirib, xotirasini mustahkamlaydi.

Bugungi kunda ijodkor yoshlarimiz safi tobora ortib bormoqda. Ana shunday yosh ijodkor, tashabbuskor, kamtarin, bilimga chanqoq, shoir yoshlarimizdan biri Mard Rahmonovdir. Mard Rahmonov sog’lig’ida nuqsoni bo’lishiga qaramay, yashash uchun kurashda, ijod olamida, shu bilan birga, fan sirlarini egallashda tengdoshlaridan qolishmaydi.

Qahramonimiz ayni damda Farg’ona Davlat universiteti filologiya fakulteti 1-bosqichda (uy ta’limida) tahsil olmoqda. Yaqinda yosh ijodkorning Toshkentdagi “Global books” nashriyoti tomonidan “Kulib yashayman” nomli she’riy kitobi nashrdan chiqdi.

Bugun 4-dekabr kuni yosh shoir tug’ilib o’sgan Yozyovon tumani markazidagi Axborot resurs markazida mazkur kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda yosh shoirning maktabdagi ustozlari, she’r yozishni nozik sir-asrorlarini matonat bilan o’rgatgan uchtozlaridan shoira O’ktamxon Soliyeva, tumandagi ko’plab faxriy ustoz ijodkorlar, OAV xodimlari, sinfdosh do’stlari hamda FarDU filologiya fakulteti tyutorlari Faridaxon Ibragimova, Gulnozaxon Kirgizova, Abdusalom O’ktamov va Alisher Shokirovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitob sahifalaridan joy olgan she’rlar, Mardning insoniy fazilatlari haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. SHuningdek, tyutorlar Mard Rahmonovga FarDu rektorining “Tashakkurnoma”sini hamda fakultet nomidan esdalik sovg’alarni topshirishib, ijodkorga ijodiy barkamollik tiladilar.

Kitobda muallif tomonidan insonning oldiga qo’ygan maqsadga yetishish uchun zarur omillar, ota-onani e’zozlash, sabr, matonat to’yg’ulari, orzu qarshisidagi mashaqqatlarni yengib o’tish kabi mavzular yoritiladi.

Ishtirokchilar tadbirdan o’zgacha ruh, yaxshi kayfiyat bilan qaytdilar.

Alisher Shokirov,

FarDU Filologiya fakulteti tyutori.