Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Filologiya fakulteti: “Quyoshli qalb sohiblari”

19:22, 06.12.2021      

3-dekabr - “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida keng nishonlandi.

Fakultetda tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan talabalarga “Quyoshli qalb sohiblari” nomli tadbirlar dasturiga asosan alohida mehr va e’tibor koʼrsatildi. Ularning matonati va shijoati, intilishlari haqida iliq fikrlar bildirilib, fakultetning esdalik sovgʼalari topshirildi.

Shuningdek, fakultet talabalari tyutorlar rahbarligida Fargʼona shahridagi “Muruvvat” uyiga tashrif buyurilib, u yerda tarbiyalanayotgan bolalar uchun adabiy dastur namoyish etildi va bayram sovgʼalari taqdim etildi.

Oʼtkazilgan tadbirlar talaba-yoshlar orasida yuksak insoniylik fazilatlarini shakllantirish, ularni milliy anʼanalarga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildi.