Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“Talabalikka bagʼishlov” tadbirining navbatdagi bosqichi

19:28, 06.12.2021      

Filologiya fakultetida “Yoshlar forumi - 2021” festivali qizgʼin davom ettirilmoqda.

Festival doirasida fakultetning rus tili taʼlim yoʼnalishi birinchi kurs talabalarining “Talabalikka bagʼishlov” tadbiri anʼanaga muvofiq yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda dastlab, talabalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, ilm egallab, Vatan oldidagi yuksak ishonchni oqlash va kelajak uchun munosib vorislar boʼlib yetishishlarini bildirdilar.

Kuy-va qoʼshiqlarga boy boʼlgan kechada oʼzbek, rus milliy qoʼshiq va raqslari, jahon adabiyoti yirik namoyandalari asarlaridan sahna koʼrinishlari, talabalar hayotiga oid hajviy chiqishlar mahorat bilan ijro etildi.

Oʼtkazilgan tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, talabalar boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishlariga sharoit yaratish uchun xizmat qildi.