Universitet tuzilmasidagi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzyeyi hamda Oltiariq tumani 3-sonli umum ta'lim maktabi hamkorligida qatag'on siyosatiga uchragan insonlarning xotira burchagi ochilishi, shuningdek, “Inson aziz-xotirasi muqaddas” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda FarDU muzyeyi xodimlari, tuman hokimligining Ma'naviy –ma'rifiy ishlari bo'yicha vakili, tuman Xalq ta'limi vakili, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari, Nuroniylar jamg'armasi vakillari, mahalla jamg'armasi vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni FarDU Qatag'on qurbonlari xotirasi muzyeyi diryektori S.Siddiqov ochib byerar ekan, o'sib kyelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, milliy davlatchiligimiz tarixiga qiziqish va hurmat uyg'otishda muzeylarning o'rni va yuksak ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi.
Quvonarlisi, oliygoh talabalari tayyorlagan betakror madaniy-badiiy dastur barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir yakunida muzey xodimlari, universitet talabalari hamda hamkor tashkilotlar yakdilligida ta'lim dargohi zaminiga ulug' maqsadlar ifodasi sifatida yashil makon istagi bo’lgan yosh nihollar ekildi.