Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Bosh Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

17:02, 07.12.2021      

Аytish kerakki, oʼtgan qisqa vaqt ichida jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi yangilandi. Yurtdoshlarimizning dunyoqarashi oʼzgardi, ular hayotga katta ishonch va umid bilan qarashni boshladilar. Odamlarni rozi qilish tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etgan davrda vatandoshlarimizning ham yurt taqdiriga daxldorlik hissi balandladi. Bunday ezgu yuksalishlar zamirida Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyati yotgani ayni haqiqatdir. Zero, Konstitutsiyamiz yaratib bergan huquqiy imkoniyatlar barcha islohotlarimiz roʼyobi uchun mustahkam asos boʼlib xizmat qilmoqda.

8 dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Fargʼona davlat universiteti oʼtkazilgan bayram tadbirida Bosh Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati ekanligi, uning hayotbaxsh qudrati haqida soʼz bordi.

Dastlab Oʼzbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi.

Tantanali tadbirni universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ochib, barchani Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan tabrikladi. U oʼz soʼzida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning “Har bir davlat oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʼzining Konstitutsiyasi – Аsosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, oʼz xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega boʼlgan mamlakat oʼzi belgilagan yuksak marralardan hech qachon ogʼishmasdan, doimo oldinga qarab boradi” degan soʼzlariga alohida urgʼu berdi.

Maʼruzachilar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oʼz mohiyatida azaldan ustuvor boʼlgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bagʼrikenglik, mardlik kabi ulugʼ xislatlar, tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo doʼstlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi umuminsoniy gʼoyalarni ifoda etganini taʼkidlab oʼtishdi.

Huquqiy qiyofasi yangilanayotgan jamiyatimizda Konstitutsiyada aks etgan barcha tamoyillar oʼz amaliy ifodasini koʼrsatishi, Konstitutsiyamizning Vatan hayoti va taqdiridagi oʼrni, nufuzini har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz anglab yetishi juda muhimdir. Ona xalqimiz ishongan, shuningdek, yuksak demokratik printsiplarni oʼzida jam etgan Qomus sifati dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha ulugʼvor saʼy-harakatlarimizning qonuniy asosi sifatida qimmatlidir.

Tadbirda Konstitutsiyamizning ana shu ustuvor tamoyillariga eʼtibor qaratildi.

Fargʼona davlat universiteti iqtidorli talabalari tomonidan badiiy-musiqiy kompozitsion dastur namoyish qilindi. Fargʼonalik taniqli xonandalar va yosh ijrochilarning chiqishlari barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Аytish kerakki, Bosh Qomusimizga yuksak ehtirom ruhidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yoshlarning davlat ramzlariga boʼlgan hurmat va muhabbatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zero, Konstitutsiyamiz Yangi Oʼzbekiston istiqbolining huquqiy kafolati, milliy manfaatlarimiz himoyasining mustahkam asosi, shuningdek, milliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish yoʼlida orzu-maqsadlarimizga eltuvchi kuch-qudrat manbai sifatida qadri baland boʼlib boraveradi.