Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti: “Konstitutsiya – farovon kelajagimiz kafolati”

17:04, 07.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida “Konstitutsiya – farovon kelajagimiz kafolati” mavzusida bayram tadbiri oʼtkazildi.

Talabalar va kasb-hunar maktabi oʼquvchilari ishtirokida namoyish etilgan musiqiy-kompozitsion dastur barchaga birdek manzur boʼldi. Tadbir yoshlarga Konstitutsiyamiz mohiyatini, uning hayotimizdagi oʼrnini teran anglashga undadi.

Tashabbus va eʼtibor uchun universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalariga Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi maʼmuriyatining “Tashakkurnoma”si topshirildi.