Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti faol talaba – yoshlari tomonidan 2021 yil 7 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo’lgan bolalar uyida “Siz hech kimdan kam emassiz!” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fakultet talabalari va tyutorlari “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alarini taqdim qilib, ularning qalblariga quvonch va zavq bag‘ishladilar.
Muassasa direktori Abdug‘ani Turdiboyev doimiy hamkorlik, mehr va e’tibor uchun Farg’ona davlat universiteti jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.