Bugun Farg'ona davlat universitetida Viloyat hokimligi, Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Ukrainaning O'zbekistondagi elchixonasi vakilligida Odessa Milliy oziq-ovqat texnologiyalari akademiyasi bilan universitet o'rtasida rasmiy onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda oliygoh vakillari har ikki ta'lim dargohlari haqida o'zaro ma'lumot almashdilar. Shuningdek, uchrashuvda viloyat hokimligi tomonidan Farg'ona viloyatining turistik salohiyati va jozibadorligini oshirish yo'lida hududda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Mazkur uchrashuv so'ngida Farg'ona davlat universiteti va Odessa Milliy oziq-ovqat texnologiyalari akademiyasi o`rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.