Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Korrupsiya milliy taʼlim tizimi rivoji uchun katta toʼsiqdir

15:09, 09.12.2021      

Bugun mamlakatimizda har tomonlama farovon va baxtli hayot yaratish, jamiyatimizda ulkan demokratik islohotlarni joriy etishni maqsad qilgan ekanmiz, bu borada yurt rivojlanishi, jamiyat rivojiga gʼov boʼlayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish muhim maqsadlarimizdan biriga aylandi.

Xususan, davlatimiz rahbari boshchiligida oliy taʼlimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish masalasi ustuvor tus olib, oliy taʼlim tizimida korrupsiyani oldini olish, uni batamom bartaraf etish maqsadiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, barcha oliy taʼlim muassasasalarida Korrupsiyaga qarshi Komplayens-nazorat tizimini boshqarish boʼlimlarining tashkil etilgani ham taʼlimdagi taraqqiyotga gʼov boʼlayotgan mazkur illatning tag-tomiri bilan yoʼq qilishda oʼz samarasini bermoqda.

Bugun -9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Fargʼona davlat universitetida “Korrupsiya -taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida muloqot oʼtkazildi.

Unda universitet professor-oʼqituvchilari, fakultet dekanlari, dekan oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib, bugungi kunda milliy taʼlim tizimi islohoti yoʼlida olib borilayotgan samarali ishlar xususida toʼxtaldi, shuningdek, sohada ochiq va shaffof tizim yaratilishiga toʼsiq boʼlayotgan korrupsion illat, uning har qanday koʼrinishi qonun bilan taʼqiqlanishi va jazoga muqarrar ekanligini taʼkidladi. Davlatimiz rahbari aytib oʼtganidek, Fargʼona viloyatini “korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirishda universitet jamoasi munosib ishtirok etishi kerakligiga urgʼu berdi.

Tadbirda soʼz olgan universitet prorektori Poziljon Otaqulov, universitet qoshidagi Gender tadqiqotlar markazi rahbari, professor Turgʼunoy Egamberdiyeva, tarix fanlar doktori, dotsent Abdugʼaffor Sharafiddinovlar korrupsiya - jamiyatning barcha sohalari, xususan, oliy taʼlimdagi eng ogʼriqli nuqtalardan biri ekanligi, bu illat yosh avlodni yetuk va barkamol boʼlib tarbiyalanishi, ularda sogʼlom tafakkur, hayotga va jamiyatga boʼlgan munosabatining shakllanishiga salbiy taʼsir koʼrsatishiga urgʼu berishdi.

Tadbir davomida oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan antikorrupsion faoliyat, xususan, OTMlarga qabul jarayonlari, ijodiy imtihonlarni adolatli oʼtkazish, talabalar oʼqishini koʼchirish, tiklash va xorijdan koʼchirish masalalarida shaffoflikni taʼminlash borasida izchil tizim yaratilayotgani, shuningdek, oliy taʼlim tizimida korrupsiya xavfini oldin olish yuzasidan istiqboldagi vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

9 dekabr -Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan talabalar oʼrtasida oʼtkazilgan rasmlar va insholar tanlovining natijalari ham eʼlon qilindi, namoyish etilgan koʼrgazmada mavzu mohiyati toʼla aks ettirildi.