2021 yil 6 dekabr kuni Zootexniya fakultetida talabalar forumi tadbirlari doirasida Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbusning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirish maqsadida “Yosh kitobhon” tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda quyidagi shartlar asosida o’tkazildi: 1-shart. test 20 ta (ochiq va yopiq testlar), 2-shart. savol-javob, 3-shart. rolga kirishgan holda ifodali o‘qish. (istalgan personaj roliga kirib bajarishi mumkin).
Tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘rin 2-kurs dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari yo‘nalishi 20.77-guruh talabasi F.Usmonova, 2-o‘rin 2-kurs dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari yo‘nalishi 20.77-guruh talabasi N.Abdujalilova, 1-o‘rin 3 kurs dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari yo‘nalishi 19.69-guruh talabasi D.Allaberdiyevalar egalladilar.
Tanlovda Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi 2 kurs 20.07-guruh magistrantlari Uralova Dilnozahon, Abdullayeva Zuxrahonlar tanlovda ishtirok etgan jamoalarni ekspert guruhi sifatida ishtirok etib jamoalarni baholashda shaffoflikni ta’minladilar.