Bugun Fargʼona davlat universiteti ulkan bunyodkorlik maydoniga aylandi. Belgilangan reja asosida mukammal taʼmirdan chiqarilayotgan, foydalanishga topshirilayotgan oʼquv binolari, yangitdan bunyod etilayotdan maskanlar hududdagi obodlik nashidasini oʼzida namoyon etayotir.
Bugun universitetning professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlar uchun munosib xizmat qiladigan yana bir maskan oʼz faoliyatini boshladi.
200 oʼrinli yangi oʼquv va dam olish maskanining ochilish marosimida Fargʼona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov soʼz olib, bugungi zamonaviy qulayliklarga ega, bepul internet tarmogʼiga ulangan maskan universitet jamoasi uchun Konstitutsiyamizning 29 yillik bayramiga munosib sovgʼa ekanligini taʼkidladi.
Aytish kerakki, mazkur maskan universitetning eng qulay hududida joylashgan boʼlib, u oʼquv va taʼlimga oid mashgʼulotlarni erkin davom ettirish, talaba-yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishga xizmat qiladi. Qolaversa, bu yerda arzon narhlarda ovqatlanish, ilmiy-ijodiy suhbatlar oʼtkazish imkoniyati yaratilgani barchani quvontirdi.