Mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Hayotimizni har xil texnika va texnologiyalarsiz, ularning beminnat yordamisiz tasavvur etishimiz qiyin. Oliy ma`lumotli muhandisdan tortib uy bekasigacha, katta sinf o`quvchisidan tortib endigina bolalar bog`chasiga qatnay boshlagan go`dakkacha kundalik turmushdagi maishiy texnikalardan foydalanadi. Demakki, biz xammamiz har kuni bir necha marotabalab yong`in keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan holatlarni boshimizdan kechiramiz.
Ammo, insonlar olovdan foydalanishda oddiy bo`lib tuyulgan qoidalarga amal qilmasligi oqibatida hamon bu tilsiz yovdan aziyat chekib kelmoqda. Tahlillarga ko`ra Farg`ona shahar hududida sodir bo`layotgan yong`inlarning to`qson foizi beparvolik oqibatida kelib chiqqan. Farg`ona shahrida 2021 yil 10 dekabr kuniga jami 111 ta yong`in sodir bo`lgan shulardan 81 tasi aholi yashash uylarida.Yong`inlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar 1 mlrd. 253 mln. 100 ming so`mni tashkil etgan. Yil boshidan shahar hududida 2 ta favqulodda vaziyatlar holati - is gazidan zaxarlanish oqibatida haloq bo`lganligi qayd etildi, ya`ni 2021 yil 5 yanvarь kuni Farg`ona shahar O'zbekiston MFY, A.Qodiriy ko`chasidagi xonadonda balkonda avtonom ravishda o`rnatilgan isitish gaz qozonida chala yongan gaz sizib chiqqan is gazidan 3 nafar insonlar va 2021 yil 16 yanvarь kuni Farg`ona shahar Madadkor MFY, A.Yassaviy ko`chasidagi xonadonda oshxonada gaz plitasi orkali uyni isitish uchun gazni yoqish oqibatida is gazidan 3 nafar insonlar vafot etganlar. Shuningdek 2021 yil 7 sentyabrь kuni Farg`ona shahar, Soxibkor MFY, Navo ko`chasida yotoqxonasida elektr tarmoqlari qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan natijasida fuqaro A.D. 70% quyish tan jaroxati olgan.
Shu sababli Farg`ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari shahar hududida joylashgan korxona, tashkilot va mahallalarda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarning oldini olish maqsadida turli uchrashuvlar o`tkazib kelmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Siz “tilsiz yov” ta`siridan aziyat chekib qolmay desangiz va xonadoningizda yong`in sodir bo`lmasligi uchun quyidagi yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qiling va doimo yodda tuting:
-nosoz gaz va elektr qurilmalaridan foydalanmang;
-yosh bolalarni pechь, gaz va elektr asboblarini yoqishiga hamda ulardan foydalanishiga yo`l qo`ymang;
-yosh bolalarni yolg`iz qoldirmang;
-uxlashdan oldin va uydan chiqib ketishdan oldin gaz hamda elektr asboblarini o`chirishni unutmang;
-mutassadi tashkilotlar ruxsatisiz gaz asboblarini bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib o`rnatmang;
-gaz o`tkazish uchun vaqtinchalik quvurlardan va rezina shlanglardan foydalanmang;
- ochiq olovdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko`ring;
-isitish mavsumidan oldin barcha isitish qurilmalarini texnik ko`rikdan o`tkazing;
-pechlarni, gaz va elektr isitish asboblarini yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang;
- gaz plitasi orqali yashash uylarini isitmang;
- uyning shamollatish tizimining sozligini nazorat qiling;
- yong`in sodir bo`lganda 101ga va gaz xidini sezzangiz 104 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qiling.
Aziz xamyurtlar! Yuqorida qayd etilgan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etib, yong`inlarning oldini olishdagi ishlarni hamkorlikda olib borsak o`ylaymanki, uy-joyimizni,mol-mulkimizni, o`zimiz va farzandlarimizni yong`in ofatidan asrab qolamiz.
Farg`ona shahar FVB boshlig`i
o`rinbosari podpolkovnik
R.R.Xolmatov
Farg`ona shahar FVB YoN va PB
mutaxassisi serjant
A.A.Olimjonov