Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TARIX FAKULTETI: “Jahon tarixi bilimdoni” zakovat o‘yinlari o‘tkazildi

12:27, 14.12.2021      

Ma’lumki, kredit-modul tizimi ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan turi bo‘lib, unda asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ta’lim olishlariga qaratilgan. Shu boisdan, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish har bir oliygoh oldidagi bosh vazifalardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi tashabbusi bilan tarix va arxivshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Jahon tarixi bilimdoni” zakovat o‘yinlari tashkil etildi.

Zakovat o‘yinlarida jami 10 dan ortiq jamoalar o‘zlarining dars jarayonlarida “Jahon tarixi” va “Sharq allomalari ilmiy merosi” fanlaridan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ikki turda tashkil etilgan o‘yin qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Dong Eun Academy o‘quv markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intellektual o’yini g’oliblariga esdalik va qimmatbaho sovrinlar topshirildi.

Talabalarning istaklariga ko‘ra, “Jahon tarixi bilimdoni” zakovat o‘yinlarini an’anaviy tarzda o‘tkazish belgilandi.