Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI: “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat

12:32, 14.12.2021      

Farg’ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti tomonidan “Ajdodlar xotirasi -yodimizda” mavzusida talabalarning universitet tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiyaga asosan birinchi bosqich talabalari jalb etildi va ularga fakultet tyutorlari boshchilik qildilar.

“Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif davomida talabalar el-yurtimiz ozodligi va erkinligi, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy ananalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilish yo’lida qurbon bolgan vatandoshlarimizlar haqida yetarlicha ma’lumot oldilar.

Muzey direktori S. Siddiqov talaba-yoshlarga mashʼum qatagʼon yillari qiyinchiliklari, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz boshiga tushgan qora kunlar haqida dalillar asosida soʼzlab berdi. Qatagʼon qurboniga aylangan shaxslarning istiqlol yillarida pok nomi oqlanishi ularning xotirasiga hurmat va ehtirom namunasi ekanligi taʼkidlandi.