Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FDU - 24 | ZOOTEXNIYA FAKULTETI: "SPORT MUSOBAQALARI"

09:25, 15.12.2021      

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Shu o’rinda ularning jismoniy shakllanishlari, faolliklari muhim ahamiyatga egadir. Sog’lom va harakatchan yoshlar o’z kun tartibini ham to’g’ri tashkil etadilar. Shu bois, talabalarni bo’sh vaqtlarini jismoniy mashg’ulotlar, sport o’yinlariga yo’naltitrishda ustoz va murabbiylarning roli katta.

Aynan ushbu vazifalardan kelib chiqib bugun Zootexniya fakultetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida talabalar o‘rtasida stol tennisi, shahmat-shashka, armresling, 100 metrga yugurish sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.