Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI: "Xalq hunarmandchiliga kreativ qarash"

09:30, 15.12.2021      

Mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2010 yil 30 martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, ayniqsa, dasturilamal bo‘lmoqda.

Natijada hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan buyum va mahsulotlar nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijliklarni ham o‘ziga maftun etayotir. Asosiysi, hunarmandchilik bugun aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash orqali oilalar farovonligini oshiruvchi muhim yo‘nalish sifatida ham o‘zini namoyon qilayapti.

Xususan, ushbu yo’nalish qirralarini ochib berish maqsadida bugun Fizika-texnika fakultetida 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida "Xalq hunarmandchiliga kreativ qarash" mavzusida tadbir va ko'rgazma o'tkazildi. Tadbirda talaba-yoshlarning milliy hunarmandchilik bo'yicha tayyorlagan mahsulotlari kreativlik nuqtai nazaridan yuksak baholandi va taqdirlandi.