Fargʻona davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich taʻlim fakultetida Besh muhim tashabbus doirasida “Sport- sogʻlom hayot poydevori” mavzusida paraolimpiada oʼyinlari ishtirokchisi, jahon chempioni Y. Odilov hamda stol tennisi boyicha respublika chempioni M. Jalolovlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Unda fakultet tyutorlari, kafedra mudirlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlab soʻz paraolimpiada oʼyinlari ishtirokchisi Y. Odilovga berildi. Chempion oʻz soʻzida, Vatanimiz oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritganidan soʻng barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham eng ustuvor vazifa sifatida qaralgani, buning katta imkoniyatlar safarbar etilganini mamnuniyat bilan talabalarga aytib oʻtdi. Jumladan, respublikada soʼnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi ortasida soglom turmush tarzini targʻib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport bahslarida munosib ishtirok etishini taʻminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Y. Odilov talabalarning boʻsh vaqtlarida qanday sport turlari bilan shugʻullanishlari, kim qaysi sport turiga qiziqishi haqida savol- javoblar bilan suhbatni yanada jonlantirdi.
Davra suhbati davomida stol tennisi boʻyicha Respublika chempioni M. Jalolovlar soʻzga chiqib, Ozbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan islohotlarni oʻz taqdidi misolida izohlab berdi.
Uchrashuv qizgʻin savol-javoblar bilan davom etdi.