Fargʼona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi talabalari matematika kafedrasi o‘qituvchisi N.Toxtasinova boshchiligida Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi.
Qayd etish kerakki, muzeylar — tarixning sirli hilqatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning manaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyos.
Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talaba-yoshlar tashrif davomida Fargʼona tarixi, uning turli davrlardagi qiyofasi, istiqlol yillaridagi koʼrinishi va yutuqlari haqida maʼlumotlarga ega boʼlishdi.