O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston Yoshlar forumidagi maʼruzasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida «Muqimiy» nomli tarixiy film namoyishi bo’lib o’tdi.
Mazkur film namoyishi orqali talabalar oʼzbek millatining tafakkuri, maʼnaviyati, maʼrifati yuksalishi va kitobxonlik madaniyatining oʼsishiga oʼziga xos hissa qoʼshgan maʼrifatparvar adib va shoir Muqimiy hayoti va ijodi haqida toʼlaqonli maʼlumotga ega boʼlishdi.
Film namoyishidan soʼng fakultet talabalari ishtirokida teatr va va kino aktyorlari, Egamberdi Rahimov, Xurshid To‘xtayev, Anvar Nazarov va kinorejissyor Shohruh Rasulov hamda viloyat kinematografiya agentligi rahbari Doston Mirzaboyevlar bilan ijodiy uchrashuv oʼtkazildi.