Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti tyutorlari hamda talaba – yigitlar ishtirokida “Tinchlik - eng oliy ne‘mat va Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dunyoda tinchlik va osoyishtalikni doim barqaror saqlash haqida so‘z yuritar ekan, najot – faqat tarbiyada ekanligini ko‘p bora ta‘kidlagan. Yoshlar tarbiyasi o‘ta murakkab va mas‘uliyatli ekanligi yaxshi ma‘lum.
Tadbirda ishtirok etgan Farg‘ona shahar Bosh imom xatibi Rahmonov Jo‘rabek qori o‘z so‘zida, bugungi o‘ta murakkab va tez o‘zgaruvchan zamonda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash masalasi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgani, biz yashayotgan murakkab axborotlar asrida insonning ma‘naviy-ruhiy holati masalasiga kelsak, o‘z kelajagini fahmlaydigan har bir inson, har qaysi millat, avvalo, ma‘naviyatga e‘tibor qaratishi shart ekanligi, zero yuksak ma‘naviyatli shaxsni hech kim yenga olmaydi, xuddi shunday ma‘naviyat qaror topgan jamiyat tanazzulga yuz tutmasligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yoshlar uchun ma’naviy saboq bo’ldi.