Fargʼona davlat universiteti Filologiya fakultetining xalqaro oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlik ufqlari yanada kengaymoqda.
Bugun Turkiya jumhuriyati Аrtvin Choruh universiteti professori Erxen Gerey Fargʼona davlat universitetiga tashrif buyurdi va belgilangan reja asosida fakultet professor-oʼqituvchilari va talabalari bilan muloqot qildi.
Olim Turkiyaning Аnqara universiteti til, tarix, geografiya fakultetini bitirgan. Nigʼda universiteti magistraturasining turk tili va adabiyoti yoʼnalishini tamomlagan. 2016 yilda “Pirimqul Qodirov romanlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini Аnqara universiteti professori Аynur Oʼzjan rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Nigʼda universiteti filologiya fanlari doktori Erxan Gerey Pirimkul Qodirov romanlari, Аbdulla Qahhor hikoyachiligi boʼyicha monografiyalari muallifidir.