Xabaringiz bor, Fargʼona davlat universiteti boʼylab koʼplab loyihalarni oʼz ichiga olgan “Talabalar forumi” davom etmoqda.
Forum doirasidagi koʼrik-tanlov va musobaqalarda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularning bilimlarini boyitish maqsadiga alohida eʼtibor qaratilayotgani ahamiyatlidir.
Universitetning Filologiya fakultetida tashkil etilgan forum doirasida fakultet “Zakovat” klubining navbatdagi bellashuvlari oʼtkazildi.
Bellashuvlarda fakultet taʼlim yoʼnalishlarining 10 ta jamoasi ishtirok etib, fakultet birinchiligi uchun intellektual kurash olib borishdi.
Bir-biridan qiziqarli va bahstalab savollarga jamoalar tezkorlik va mulohazakorlik bilan javob berishdi. Yuqori natijalarga erishgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan ragʼbatlantirilishi, faol talabalardan iborat fakultet terma jamoasi shakllantirilishi belgilangan. Musobaqalar haftaning seshanba kunlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan.