Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MАTEMАTIKА-INFORMАTIKА FАKULTETI: “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy”

17:01, 17.12.2021      

Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlar va ularning tarbiyasiga yuksak eʼtibor qaratilgan, maʼnaviyatli va sogʼlom tafakkurli avlodni voyaga yetkazishda ilm ahli, ziyolilarga katta masʼuliyat yuklangan. Bu borada “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida olib boriladigan ishlar ayni shu ezgu maqsadga qaratilgan.

Joriy yilning 17 dekabr kuni Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Erkaboyev boshchiligida Farg’ona shahar “Oybek” MFYda “Bir ziyoli-bir mahallaga manaviy homiy” tamoyili asosida manaviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 19 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi manaviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi va “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilab berilgan vazifalarining mazmun – mohiyati mahallaning faol, targ’ibotchi yoshlariga to‘liq tushuntirib o‘tildi.