Fargʻona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida sport va salomatlik tadbiri oʼtkazildi.
Talaba - yoshlarni sportga eʼtibori va jismoniy tayyorgarligini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida 2- va 3- kurs talabalari oʼrtasida 100 metrga yugurish, turnikda tortinish va 1000 metrga yugurish boʻyicha nazorat sinovlari oʼtkazildi.
Mazkur nazorat sinovlari talabalarning kelgusida qay darajada jismoniy yetuk va harbiy salohiyatli boʼlib yetishishlarini aniqlashtirishga yordam berdi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan bir guruh yoshlar nomi eʼtirof etildi.
Barcha talabalar sportga oshno boʼlishga daʼvat etildi.