Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Pedagogika-psixologiya fakulteti: “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar”

13:41, 18.12.2021      


Farg’ona davlat universitetida boʼlib oʼtayotgan “Talabalar forumi -2021” doirasida Pedagogika-psixologiya tashabbusi bilan Farg’ona shahar “Bahor” MFY da “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda fakultet dekani B. Siddiqov, fakultet pedagoglari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʼz olgan “Bahor” MFY raisi M.Tursunov mahalla va uning yoshlariga universitet ziyolilari katta koʼmakchi boʼlayotganini aytib oʼtdi. Fakultet dekani B.Siddiqov hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston yangi imkoniyatlar makoni ekanligiga urgʼu berib, bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilayotgani, davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod kamoloti uchun berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar koʼlami kundan-kunga kengayib borayotganini misollar bilan taʼkidlab oʼtdi.

Shuningdek, tadbirda mahalla inspektori M.Kazakov mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil toʼxtaldi.

Mahalla faollari va yoshlari jam boʼlgan tadbirda fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy-kompozitsion dastur namoyish etildi. Mahallaning eng faol va izlanuvchan bir guruh yoshlariga kitob jamlanmalari topshirildi.