Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Matematika-informatika fakulteti: “Ustozim – hayotim chirog‘i”

08:33, 21.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida “Ustozim – hayotim chirog‘i” mavzusida uch avlod uchrashuvi oʼtkazildi.

Zulmatimda bo‘lib naqadar yorug‘,

Yoritgay yo‘limni mening chirog‘im.

Demishlarki: “Ustoz otangday ulug‘”,

Otamdayin azizdur u, ustozim!

Unda fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘rinov Axmadjon Qo‘shaqovich hamda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Islomjon Ne’matov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Farg‘ona davlat universitetining qariyb 100 yillik tarixi, ustoz-shogird an’analari, universitetimiz olimlarining respublika va dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan ilmiy ishlari, bugun kunda fizika, matematika fanlariga qaratilayotgan e’tibor, bu fanlarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar, rejalar haqida mulohazalar yuritildi. Ustozlar oʼzlarining hayot va ilm yoʼlidagi boy tajribalari bilan oʼrtoqlashdilar.

Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv talaba-yoshlarning fizika, matematika fanlariga boʼlgan mehri, qolaversa, olimlik sharafiga boʼlgan eʼtiqodlarini yanada kuchayishiga xizmat qildi.