«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida, 18-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida «Qizlar ovozi» forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida “Qizlar ovozi” klubining 2021-2022-yillardagi faoliyati uchun koordinatorlar saylandi.
Mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini ta'minlash hamda qizlar faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “QIZLAR OVOZI” klubining bir yillik muddatga Farg'ona viloyati koordinatori etib Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi IV bosqich 18.100-guruh talabasi Durdona Ergasheva tayinlandi.
Iqtidorli talabamiz Sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.