Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI: “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy”

08:38, 21.12.2021      

Farg’ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti Fizika kafedrasi tashabbusi bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi va “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi asosida Beshariq tumanidagi 6-maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fan va texnikaning rivojlanishida fizika fanining o‘rni, o‘qituvchilik faoliyatining jamiyat rivojlanishida yetakchi vazifalardan biri ekanligi, o‘quvchilarni bilim olishga rag‘batlantirish mavzularida suhbat olib borildi. Universitet professorlari muallifligida chop etilgan o‘quv qo‘llanmalari maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Mazkur uchrashuv mahalla yoshlarining kitob mutolaasi va ilm olishga ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qildi.