Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FILOLOGIYA FAKULTETI: Kitobxon talabalar saralandi

08:41, 21.12.2021      

Talaba yoshlar oʼrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning kitobga boʼlgan mehrini oshirish, qolaversa, kitobsevar yoshlarni aniqlash va munosib ragʼbatlashtirish muhim vazifadir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, talaba-yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida, Filologiya fakulteti tojik tili yo'nalishi talabalari o'rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov bo'yicha o'quv yili boshidan buyon talabalar o'zbek va fors-tojik adabiyotining yirik namoyondalari asarlarini o'rgandilar.

Olingan bilimlar savol-javob, test va taqdimotlar orqali tekshirilib, g'oliblar aniqlandi. Yuqori natijaga erishgan talabalar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlanishdi va homiylar tomonidan moddiy rag'batlantirildi.