Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FАRGʼONА DАVLАT UNIVERSITETI REKTORIning “shermuhammadovfardu” rasmiy telegram kanali sarhisobi: munosib va faollar taqdirlandi

15:49, 21.12.2021      

Bugun Fargʼona viloyati Teatr-konsert saroyida Fargʼona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadovning rasmiy telegram kanali sarhisobiga bagʼishlangan tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Maʼlumki, universitet rektorining tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasamizni mamlakat miqyosida, keng jamoatchilik oʼrtasida nufuzini oshirish, unda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, taʼlim yoʼlidagi islohotlar, ilmiy yangiliklar, talaba-yoshlar hayotini muntazam yoritib boruvchi telegramm kanal faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Hozirda qariyb 7, 5 mingdan ortiq aʼzolarni oʼzida birlashtirgan ushbu kanal oʼz faoliyati davomida hamkorlar koʼmagida viloyatga tanilib bormoqda.

2021 yil sarhisobiga koʼra, ushbu “shermuhammadovfardu” nomli universitet rektorining rasmiy telegram kanali faoliyatini yuritishda va ommaviy axborot vositalarida targʼibotini taʼminlashda hamkorlik qilgan bir guruh faollar, shuningdek, turli nominatsiyalar boʼyicha yuqori natija koʼrsatgan fakultetlar taqdirlandi.

Xususan, Filologiya, Chet tillari, Sanʼatshunoslik fakultetlari “Rektor rasmiy telegramm kanaliga eng koʼp obuna boʼlgan fakultet, Matematika-informatika, Pedagogika-psixologiya, Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakultetlari “Rektor rasmiy telegramm kanalida eng koʼp chiqishlar qilgan fakultet”, Harbiy taʼlim fakulteti “Rektor rasmiy telegramm kanali uchun tayyorlangan eng yaxshi videoroliklar muallifi” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandilar.