Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ZOOTEXNIYA FAKULTETI TALABASI 3.000.000 SO'MLIK VAUCHER EGASI BO'LDI!

13:33, 22.12.2021      

Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.

Xususan, mamlakatimizda yoshlar iqtidorini rivojlantiruvchi, tashabbuslari va g’oyalarini amalga oshiruvchi turli tanlovlar va loyihalar o’tkazilayotgani - ularga berilayotgan eng katta imkoniyatlardan biridir.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" tanlovi ham mamlakat bo’ylab minglab intiluvchan yoshlarni o’zida birlashtirmoqda.

Ushbu tanlovning Final bosqichida 100 g'oya saralanib olindi va ular ichida bizning yoshlar - Farg’ona davlat universiteti Zootexniya fakulteti 3-bosqich talabasi Miraliyev Toxirjonning borligi quvonarlidir.

Talabaga mukofot sifatida sovg'alar to'plami, sertfikat, statuetka va 3.000.000 so'mlik vaucher taqdim etildi.