Alohida ta’kidlash joizki, «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Farg`ona davlat universiteti Zootexniya fakultetida talabalar ishtirokida besh muhum tashabbus xaftaligi – “Talabalar forumi 2021” tadbirlari o’tkazildi.
Forum doirasida o`tkazilgan tadbirning yakuni sarhisob etilar ekan, 43 nafar talaba-yoshlar shaxmat-shashka, stol tennisi, armresling, 100 metrga yugurish kabi sport musobaqalariga, yosh kitobxon, zakovat tanlovlariga jalb etildi.
Yakun bo’yicha, OITSga qarshi kurash kuni hamda 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganlining 29 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan rasmlar va insholar tanlovlari g`oliblariga - talabalarga fakultetning diplom, sertifikatlari va estalik sovg`alari topshirildi.