Bugun Zootexniya fakulteti talaba-yoshlari hamda tyutorlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-“Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha nazorat rejasini ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda uzoq yillar mehnat qilgan, hozirgi kunda nafaqa bo‘lgan Sarvarxon Karimova xonadoniga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida S.Karimova talabalarga o‘zining mashaqqatli, lekin sharafli bo‘lgan mehnatlari, tuproqshunoslik sohasini rivojlantirishdagi munosib hissasi, shuningdek, halol mehnat ortidan erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi.
Talabalar S.Karimovaning ibratli hayot yo‘li bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv qizg‘in munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi.