Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama o‘sib-o‘nib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustivor yo‘nalishidir. Har bir sohada qo‘lga kiritilayotgan marralar, yutuqlar ana shu g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasidir. Vatan taqdiriga daxldor ekanligini his qilib yashash va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir O‘zbekiston farzandining muqaddas burchidir.
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.
Aynan shu sababdan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar masalasiga ustuvor vazifa sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilmdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muxayyo qilinmoqda.
Bugun ushbu imkoniyatlar va yoshlarga qaratilgan e’tibor barcha jabhalarda o’z mevasini bera boshladi. Jumladan, Farg’ona davlat universiteti talabalari ham bilim olish va o’z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib yo’lida peshqadam bo’lmoqdalar. Ulardan biri - Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, 2-bosqich talabasi Farzonabonu Anvarovadir. Ushbu talaba yaqinda Akademik G'anijon Abdurahmonov nomidagi universitet stipendiyasi sohibasi bo'ldi!