Farg‘ona Davlat Universiteti Sirtqi bo‘limiga 2021-2022 o‘quv yilida qabul qilingan 1-bosqich talabalari o’qishni boshladilar
18:12, 22.12.2021
Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘limiga 2021-2022-o‘quv yilida qabul qilingan 1-bosqich talabalari 2021-yil 20-dekabr sanasidan o‘quv jarayonlarini boshladilar. Jami 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 40 ta guruh shakllantirildi. Bulardan 27 ta guruh 1-smenada, 13 ta guruh 2-smenada o‘quv jarayonlariga jalb etildi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i A.Abdumalikov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri M.Isroilov, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri S.Urayimov va barcha dekan o‘rinbosarlari birgalikda soat 8:00 da 1-bosqich talabalarini bayramona kutib oldilar. Ularni yig‘ib guruhlari e’lon qilindi, guruh murabbiylari boshchiligida mashg‘ulot honalariga kuzatib qo‘yildi. Har bir guruhga alohida kirib, universitet rahbariyati, universitet ichki tartib qoidalari va yangi “kredit-modul” tizimi bo‘yicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i A. Abdumalikov tomonidan talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.