Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida “Vatanparvarlik oyligi” koʼtarinki ruhda davom etmoqda.
Аvval xabar berganimizdek, fakultet tomonidan mazkur oylik doirasida Sharqiy harbiy okrug, harbiy qismlar, “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, sohaga taalluqli tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikda turli loyihalar, uchrashuv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Kecha “Vatanparvarlik oyligi” doirasida fakultetda talabalar va “Turon Patriot” nodavlat taʼlim muasasasi oʼquvchilari ishtirokida “Xalq va armiya - bir tanda bir jon” shiori ostida tadbir oʼtkazildi.
Unda oʼquvchi-yoshlar fakultet hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, oʼquv-taktik mashgʼulotlar bajarildi. Harbiy ofitserlar bilan ochiq muloqot ularda katta taassurot qoldirdi.