Fargʼona davlat universiteti Sirtqi taʼlim boʼlimida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugun Sirtqi taʼlim boʼlimi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Men tanlagan sharafli kasb” mavzusida badiiy-ijodiy koʼrgazma tashkil etildi.
Mazkur koʼrgazmada talaba yoshlar qoʼl mehnati asosida yaratilgan milliy hunarmandchilik buyumlari, turli oʼyinchoqlar, dekorativ mahsulotlar, bezakli ishlarni namoyish qilishdi. Eng sara ishlar tanlab olinib, ragʼbatlantirildi.