Mamlakatimizda “Xalq va armiya -bir tanda bir jon” shiori ostida otkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakulteti talabalari uchun samarali fursatlarni taqdim etmoqda.
Faollik va tashabbuskorlik bilan oʼtkazilayotgan oylik davomida Sharqiy harbiy okrugiga qarashli “Ma’naviyat va marifat markazi”da yoshlarni vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oliy taʼlim muassasalari va harbiy qismlar jamoalari oʼrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovi oʼtkazildi.
Mazkur koʼrik-tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Harbiy talim fakulteti “Admiral” jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Shuningdek, 01041 Harbiy qismning “Boyvachcha”, O’zbekiston -Koreya xalqaro universiteti jamoalari ham gʼoliblar safidan oʼrin olishdi.