Аvval xabar berganimizdek, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultet ofitserlari tomonidan taʼlim muassasasalarida “Jasorat darslari” tashkillanmoqda.
Oltiariq tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabida fakultet ofitseri R. Mamajonov ishtirokida boʼlib oʼtgan uchrashuv va darslar samarali lahzalarga boy tarzda oʼtdi. Ofitser R. Mamajonov oʼz maʼruzasi orqali yoshlarni Ona Vatanni sevishga, unga pok vijdon bilan xizmat qilish va munosib avlod boʼlishga chaqirdi.
Аna shunday yuksak vatanparvarlik ruhidagi darslar fakulteti ofitseri, podpolkovnik T.А.Turgʼunbayev boshchiligida Namangan viloyati Mingbuloq tumani Xalq taʼlimiga qarashli 22-umumtaʼlim maktabida ham boʼlib oʼtdi.
Ofitser maʼruzasi va fakultet talabalarining "Аdmiral" jamoasi tomonidan namoyish etilgan badiiy va koʼrgazmali chiqishlar oʼquvchilarda katta taassurot qoldirdi.