Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Matematika-informatika va fizika-texnika fakultetlari: YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING USTUVOR VAZIFALARI

17:36, 23.12.2021      

Farg‘ona davlat universitetida “O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasi: yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zMTDP Farg‘ona viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan tashkil etilgan suhbatda FarDU Matematika-informatika hamda fizika-texnika fakultetlarining saralab olingan eng kuchli 3 toifa talabalaridan iborat guruhi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida fakultetda milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalar tomonidan tayyorlangan milliy o‘yinchoqlar va qo‘lda to‘qilgan mahsulotlar taqdimoti, milliy qadriyatlarni aks ettirgan mehmon kuzatish odobi, anэanalarga asoslangan teatr tomoshasi bo‘ldi. Taqdimot davomida ustozlar tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi. Xususan, partiya hamda bitiruvchi talabalar “Milliy mahsulot” loyihasini amalga oshirishsa, loyiha doirasida har bir bog‘chada 0,5 ish o‘rni bo‘lgani holda, talabalar milliy mahsulotlardan qo‘g‘irchoqlar yasashni bolalarga o‘rgatishi mumkinligini va yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’gislashdi. Albatta bu loyiha ishtirokchisi partiya a’zosi bo‘ladi va “Milliy tiklanish”ning o‘ziga xos nufuzini oshiradi,- deydi o‘qituvchilar.

Yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarining hayotga tadbiq etilishi, yoshlar parlamenti, siyosiy partiyaning yoshlar bilan ishlash tizimi, bugungi kun yoshlarining qiziqishlari haqida ochiq muloqot bo‘ldi. Ma’ruzachilar “Yoshlar daftari”, yangi joriy etilgan “Hokim yordamchisi”ning vazifalari, OTMga qabul va boshqa dolzarb masalalarga alohida to‘xtaldilar.

Talabalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning ba’zi moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifning deputatlar tomonidan qaytarilgani bo‘yicha savollarni o‘rtaga tashlashdi.