Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MATEMATIKA-INFORMATIKA va FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETLARI: Yil sarhisobi

15:42, 24.12.2021      

Fargʼona davlat universitetining barcha fakultetlarida yil yakunlariga bagʼishlangan tantanali tadbirlar o’tkazilib, ularda yil sarhisobi amalga oshirilmoqda, munosiblar taqdirlanmoqda.

Kecha universitetning matematika-informatika va fizika-texnika fakultetlari tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida ana shundan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri boʼlib oʼtkazildi.

Unda “Eng namunali xona”, “Eng faol talaba”, “Eng faol qavat sardori” singari nominatsiyalar boyicha g’oliblar aniqlanib, ularga kitob jamlanmalari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Matematika-informatika fakultetining “Quvnoq talabalar” jamoasi tomonidan taqdim etilgan chiqishlar talabalarga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi. Tadbir yakunida talabalarga homiylar tomonidan tayyorlangan osh ulashildi.