Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Matematika-informatika fakulteti: “Yangi yil yaxshiliklar yili boʼlsin!”

15:45, 24.12.2021      

Farg`ona davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 muhim tashabbus doirasida “Yangi yil yaxshiliklar yili boʼlsin!” shiori ostida bayram tadbiri oʼtkazildi.

Unda fakultetning iqtidorli va faol talabalari hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan Maqom maktab-internati o’quvchilari bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan badiiy-kompozitsion dastur namoyish etilib, barchaga Yangi yil kayfiyati va shukuhi ulashildi.

Talabalar oʼzlarining 2022 yilda erishishni niyat qilgan orzu-maqsadlarini ham aytib oʼtishdi va maxsus “Yangi yilgi orzular” qutisiga ezgu niyatlar va bayram tilaklari yozilgan qogʼozlar jamlandi.