Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​IJTIMOIY-IQTISODIY FАKULTETI: Oliy taʼlim tizimida nogironligi bor talabalar uchun "Toʼsiqsiz muhit"

15:50, 24.12.2021      


Аvval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Fargʼona davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasida Oʼzbekiston Milliy universiteti olimlari -sotsiologiya fanlari doktori, professor N. Latipova va sotsiologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD) V. Аlekseevalar faoliyat olib borishmoqda.

Talabalar bilan oʼtkazilgan seminar va maʼruza mashgʼulotlaridan soʼng olimlar universitetning Аxborot-kutubxona markazi majlislar zalida ochiq muloqot oʼtkazishdi.

Unda har ikki oliygoh hamkorligida tayyorlangan “Oliy taʼlim tizimida nogironligi bor talabalar uchun" Toʼsiqsiz muhit"ni shakllantirish metodikasini yaratish" mavzusidagi loyiha asosida fikr-mulohazalar almashildi.

Muloqot soʼnggida professor-oʼqituvchilar va talabalardan mazkur mavzuda sotsiologik soʼrovnoma oʼtkazildi.