Bugun Zootexniya fakulteti talaba-yoshlari hamda tyutorlar Harbiy ta’lim fakulteti hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-“Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha nazorat rejasini ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti ofitserlari podpolkovnik Abduvali Uzaqov va Raximjon Mamajonovlar bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” mavzusida madaniy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmat mas’uliyati va javobgarligi, harbiy burch mas’uliyati to‘g‘risida samimiy dildan suhbat bo‘lib o‘tdi. Dunyoga kelgan har bir odam baxtli va boy bo‘lishni orzu qiladi, - deb ta’kidladi R.Mamajonov, xalqimizning boy va baxtli yashashlari uchun nima kerak, degan savoliga talabalar turlicha javob berdilar. Kimdir yurtimizda tinchligi-yu, el-yurt salomatligi desa, yana kimdir ota-onasi sog‘ligini, yana kimdir esa boy va baxtli yashash uchun yaxshi ish, yaxshi oylik, ahil oila, deya javob qaytarishdi. Ofitserlar talaba-yoshlarga “odamning boyligi pulning ko‘pligi bilan emas, balki ko‘ngilning to‘qligi bilan o‘lchanishini” alohida ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv qizg‘in munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi.