Farg’ona davlat universitetining Pedagogika –psixologiya fakultetida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda o’z iqtidori va iste’dodi bilan ishtirok etgan bir qator talabalarni qo’llab –quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yil e’tirofi-2021” tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor P.Otaqulov barcha talabalarni 2021-yil “Yoshlarni qo’llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da ta’lim, fan, madaniyat, sport sohalarida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarni yana bir bor tabrikladi va kelgusi yilda ham yanada faol bo’lishlarini takidlab o’tdi.
Pedagogika –psixologiya fakulteti dekani B.Siddiqov so’zga chiqib, fakultetda 2021-yil davomida jonkuyarligi, tashabbuskorligi, faolligi bilan o’zini ko’rsatgan talabalarni rag’batlantirish qolgan barcha talabalarni ham faol bo’lishlarini takidlab o’tdi.
Tadbir so’ngida fakultetda yil davomida amalga oshirilgan qilingan ishlar yuzasidan video-lavha namoyish etildi va bir qator talabalar ko’plab nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.